Qog‘ozbozlik biznesga qancha turadi
Chop etish, kurer, skanerlash va arxivlash — hisoblab chiqilganda bu summa kutilganidan katta bo‘ladi.
Bitta shartnomani qog‘ozda rasmiylashtirish arzon ko‘rinadi. Lekin to‘liq hisob boshqacha ko‘rinish beradi.
Yashirin xarajatlar
- Chop etish va qog‘oz — har nusxa uchun
- Kurer yoki pochta — ayniqsa viloyatlarga
- Xodim vaqti — tayyorlash, yuborish, kuzatish, skanerlash
- Arxiv joyi va hujjat yo‘qolishi xavfi
- Kechikish — mijoz shartnomani kutayotgan kunlar
Elektron imzoda
Shartnoma bir necha daqiqada yuboriladi va imzolanadi. Arxiv avtomatik, qidiruv soniyalarda, dalil paketi doim tayyor. Xodim vaqti boshqa ishga sarflanadi.